KOMNINLAR

KOMNINLARVizantiya imperatorlari sulolasi (1081 — 1185). Asoschisi Aleksey I hisoblansada, aslida sulolani imperator Isaak Komnin (1057— 59) boshlab bergan. Komninlar nomi tarixda 1-marotaba imperator Vasiliy II davri (976 — 1025)da tilga olinadi. Komninlarning 1-vakillaridan boʻlgan Manuil, Vasiliy II ning yaqin kishisi boʻlgan. Manuilning 2 oʻgʻli boʻlib, ulardan Isaak Komnin saljuqiylarga qarshi kurashda katta shuhrat qozongan edi. 1057-y. da muxolif kuchlar tazyiqi ostida monax (rohib) likni ixtiyor qilgan. Isaak Komnin taxtni ukasi emas, balki oʻzining jangovar safdoshi boʻlgan Konstantin Dukaga topshirishga majbur boʻldi. Komninlar vakili Aleksey 1 1081-y. da sulola hukmronligini harbiy toʻntarish yoʻli bilan qayta tikladi. Andronik I (1183—85) davrida imperiya yagona davlat sifatidagi qudratini yoʻqotdi. Andronik I avlodlari «Buyuk komninlar» degan unvon bilan Trapezund imperiyasida hukmronlik qilganlar (1204—1461). Komninlar markaziy hokimiyatni mustahkamlab, imperiya hududini kengaytirgan; davlatni idora qilishda yer egalari va harbiy zodagonlarga tayangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x