KOMILQORI QIZIQ

KOMILQORI QIZIQ (Qulijonov Komil, 1891 — Qoʻqon — 1983) — oʻzbek xalqqiziqchisi. Ijodi qoʻqonlik Normat qiziq boshliq qiziqchilar taʼsirida shakllangan. Hamid ogʻiz, Aʼzam qiziq va Yusufjon qiziqlar bilan sayillarda «Kelin tushdi», «Hammol», «Joʻraboshi qoʻrqoq» qiziqchiliklarini namoyish etgan. «Uch buqoq», «Xushtorlar jazosi» kulgi-hikoyalarini yaratgan va ijro etgan. 1926—30 y. larda Aʼzam qiziq, 40-y. larda Aka Buxor toʻdasida (asosan, Poʻlatjon qiziq Normatov b-n) «Toʻn oʻgʻrisi», «Ketmon tilash», «Ulik sotdi», «Bedana oʻyin» va b. qiziqchiliklarni koʻrsatgan. «Kichkinajon» raqspantomimasida ishtirok etgan. «Saodatxon» zamonaviy xalq komediyasining mualliflaridan.

Ad.: Qod i rov M ., Oʻzbek xalq tomosha sanʼati, T., 1981.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x