ISTANBUL

ISTANBUL (yun. Konstantinopol) — Turkiyadagi eng katta shahar, Istanbul elining maʼmuriy markazi. Aholisi 7,6 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). I. Marmardengizi va Bosfor boʻgʻozining sast-baland sohillarida joylashgan. Boʻgʻoz shaharni ikkiga — Osiyo (kichikroq qismi) va Yevropa qismiga boʻlib turadi. Yevropa qismi Oltin Shox qoʻltigʻi sohillarida joylashgan. 1970—72 y. larda Bosfor boʻtoziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan koʻprik qurilgan.

Iqlimi subtropik oʻrta dengiz ikdimi, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 5,2°, avg. niki 23,6°, oʻrtacha yillik yogʻin 633 mm.

Istanbulga mil. av. 660-y. da Vizantii sh. sifatida asos solingan. 330-y. dan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atalgan. 395-y. gacha Rim imperiyasi tarki-bida, 395—1453-y. lar Vizantiya poytaxti. 1453-y. da Istanbul turklar tasarrufiga oʻtgan va Usmonli turklar saltanatining poytaxtiga aylantirilgan; oʻsha vaqtdan shahar I. deb atala boshladi. Usmonli turklar saltanatining kuchsizlanganidan foydalanib, 18-a. oxiridan Yevropa davlatlari shaharni va boʻgʻozlarnivbosib olishga harakat qilib keldilar. Turkiyaning 1-jahon urushida harbiy qudrati kamaygach, Istanbulni Antanta davlatlarining qurolli kuchlari bosib oldi. 1923-y. da shahar bosqinchilardan ozod qilindi va oʻsha yilning okt. da Turkiya poytaxti Istanbuldan Anqaraga koʻchirildi.

Shahar qulay geografik oʻrinda joylashgan. Istanbul — mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakat sanoatining 60% i I. da joylashgan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, yogʻochsozlik, elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik, sement, koʻn poyabzal, tikuvchilik, harbiy va b. sanoat korxonalari, milliy vaʻchet el savdo firmalari, kompaniyalar, banklar, birjalar bor. Hunarmandchilik (yogʻoch, metall, teridan turli bu-yumlar yasaladi) rivojlangan. Turkiyadagi barcha savdo operatsiyalarining yarmi Istanbulga toʻgʻri keladi. Istanbul — dengiz, kuruklik va havo yoʻllarining tuguni. Turkiyaning asosiy porti. Bu yerdan xalqaro kema yoʻllari oʻtgan. T. y. orkali Yevropadagi koʻpgina poytaxt shaharlar va mamlakatning ichki r-nlari b-n bogʻlangan. Bosfor boʻgʻozi orqali Istanbulning har ikki tomoniga yoʻlovchilar tashuvchi kemalar va yuk paromlari oʻtib turadi. Xalqaro aeroport bor.

Shaharni, ayniqsa, uning qad. kismini 500 ga yaqin masjid, shuningdek, ibodatxonalar, saroylar, favvoralar va oʻrta asrlarda qurilgan hamda yangi davrga oid meʼmoriy inshootlar (mudofaa devorlari, ippodrom, saroylar, Ayo Sofiya ibodatxonasi, oʻrta asr masjidlari va 15—16-a. saroy binolari) bezab turadi. Shaharga turistlar koʻp keladi. 3 ta un-t, in-tlar, Badiiy akademiya, Iqtisodiyot va savdo akade-miyasi, muzeylar, kutubxona, opera va b. teatrlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x