KIYIK-KOBA

KIYIK-KOBApaleolit davri odamlari yashagan gʻor. Simferopol (Qrim)dan 25 km sharqda, Zuya daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. 1924 — 26 y. larda tekshirilgan. K.-k. — MDH hududida ibtidoiy odam qoldiqlari topilgan dastlabki makonlardan hisoblanadi. K.-k. dan oʻchoq qoldiklari, kichik chopqilar, choʻqmor, qirgʻichlar va b. damda yovvoyi eshak, kiyik, bahaybat bugʻu, buqa, mamont, karkidon, gʻor ayigʻining suyaklari topilgan. Gʻorning toʻridan neandertal odami — erkak kishining tovon va boldir suyaklari, bola skeletining boʻlaklari topilgan. 1925-y. da prof. N. L. Ernst va Ye. V. Isirovlar olib borgan qazishlar K.-k. gʻorining 6 madaniy qatlamdan iborat ekanligini koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x