KIVSYAKLAR

KIVSYAKLAR — ikki juftoyoqlilar kenja sinfiga mansub koʻpoyoqlilar; Julida, Spirobolida, Spirostri ptida turkumlarining umumiy nomi. Uz. 1—30 sm, tana shakli silindrsimon. Anamorfoz (q. Metamorfoz), ayrim turlari periodomorfoz orqali rivojlanadi. Bunday rivojlanishda erkagi tullab lichinkaga aylanadi; lichinka tullab yana voyaga yetgan davrga oʻtadi yoki lichinka davrida qoladi. Ayrim Kivsyaklarning bezlari suyuqligi zaharli. 30 mingdan ortiq turi, asosan, tropik, subtropik va dasht mintaqalarida tarqalgan. Oʻrmonlarda kulrang kivsyak (Rossiulus kessleri), qum kivsyaki (Shizophyllum sabulosum), qrim kivsyaki (Pachyiulus fl avipes) keng tarqalgan. Kivsyaklar oʻsimlik qoldiklari bilan oziqlanib, tuproq hosil boʻlishida katta ahamiyatga ega. Ayrim turlari oʻsimliklarga ziyon keltiradi (q. Ikkijuftoyoqlilar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x