KIM Boris Aleksandrovich

KIM Boris Aleksandrovich (1922. 10.10, Vladivostok — 1996.3.6, Buxoro) — teatr rassomi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1970). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1956). 1965-y. dan Buxoro teatrida bosh rassom. K. ijodi har bir spektaklning ruhiga mos taʼsirchan muhit yaratishi bilan diqqatga sazovor. «Maysaraning ishi» (1949, Hamza), «Uylanish» (1952, N. Gogol), «Alisher Navoiy» (hamkorlikda, 1952, Uygʻun va I. Sulton), «Suymaganga suykanma» (1957, S. Xoʻjaniyozov), «Vatan ishqi» (1958, 3. Fatxullin, Sh. Saʼdulla), «Hamlet» (1968, U. Shekspir), «Revizor» (1976, N. Gogol), «Kelin va kuyov» (1977, M. Bayjiyev), «Layli va Majnun» (1978, Xurshid), «Mukofot» (1979, A. Gelman), «Guli siyoh» (1984, S. Jamol) va b. spektakllarga dekoratsiyalar, tarixiy va maishiy liboslar yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x