KIFARA

KIFARA, kitara (yun. kithara) — yunonlarning lira (qad. Sharkdagi chang) ta oʻxshash, torli-tirnama musiqa sozi. Dastlab torlari 4 ta boʻlib, keyinchalik 7—18 tagacha yetgan. Kifara yakka hamda joʻrnavoz soz sifatida ishlatilgan. Yunon adabiyoti va tasviriy sanʼatida Kifara — Appollonnchng doimiy yoʻldoshi, yaʼni asosiy belgisi boʻlgan. Mil. 1-a. larga oid Turon moddiy yodgorliklari (qad. Xorazm, Dalvarzintepa, Panjikent va b. joylardan topilgan xaykalchalarda tasviri uchraydi. Gitara, sitra kabi musiqa sozlarining nomlari Kifara soʻzidan kelib chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x