KICHIK CHIMYON

KICHIK CHIMYONToshkent viloyatidagi togʻ, Chatqol togʻining shim. da. Chatqol togʻ tizmasi tarkibiga kiradi. Gʻarbdan Chimyonsoy vodiysi, jan-gʻarbdan Katta Chimyon togʻi va sharkdan Qoʻylisoy b-n oʻralgan. Katta Chimyon togʻidan Gulik dovoni orqali ajralib turadi. Eng baland joyi 2098 m. Paleozoy togʻ hosil boʻlish davrida burmalangan, ohaktoshlardan tarkib topgan. Keyinchalik nurab, ayrim joylarida granit jinslari ochilib qolgan. Yon bagʻirlari ancha qiya. Qoʻngʻir oʻrmon va jigarrang tuproqlar tarqalgan. Quyi qismida mevali daraxtlar, yuqorida archazor, yongʻoqzorlar va b. oʻsimliklar bor. Eng yuqori qismi toshloq, daraxt kam. Chimyonsoyda kurort («Chimyon»), sanatoriy va bolalar orom-goxlari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x