KICHIK ZOND OROLLARI

KICHIK ZOND OROLLARI — Malay arxipelagining jan. qismi, asosan, Indoneziya tarkibida. Bali, Flores, Banda, Savu, Timor dengizlari va Hind okeani suvlari oʻrab turadi. Mayd. 128 ming km2. 1300 km uzunlikdagi orollar zanjiridan iborat. Relyefi togʻli, vulkan koʻp (eng baland joyi 3726 m, Rinjani vulkani). Iqlimi subekvatorial mussonli iqlim. Barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar va savannalar bilan qoplangan. Sholi ekiladi, baliq ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x