KEYNS

KEYNS (Keynes) Jon Meynard (1883.5.6, Kembrij – 1946.21.4, Suseks grafligi, Tilton qishlogʻi) — ingliz iqtisodchisi, davlat arbobi, keynechilik asoschisi. Kembrij un-tini tugatgan (1906). 1908-y. dan to umrining oxirigacha shu un-tda dars berdi (1920-y. dan prof.), ayni paytda bir qator maʼmuriy lavozimlarda ishladi. Britaniya xazinasi xodimi (1915—19), Angliya banki direktorlaridan biri (1942-y. dan), Bretton—Vuds konferensiyasida q(. Bretton—Vuds bitimi) Angliyaning bosh vakili (1944). 1912-y. dan nazariy «Economic journal» («Iqtisodiyot jurnali») muharriri boʻlgan.

Pul muomalasi va moliya, iqtisodiy oʻsish, bandlik sohalarida bir qator asarlar yaratdi («Versal shartnomasining iqtisodiy oqibatlari», 1919; «Mister Cherchill siyosatining iqtisodiy oqibatlari», 1925; «Pul toʻgʻrisida risola», 1930 va b.). K. ning asosiy gʻoyalari «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) asarida bayon etilgan. Keyns bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi I va davlat iqtisodiy siyosatining asosiy tamoyillarini asoslab berdi. Keyns qarashlari 2-jahon I urushi va undan keyingi davrda koʻpgina Gʻarb mamlakatlari (ayniqsa, AQSH va Buyuk Britaniya)da davlat iqtisodiy siyosatining nazariy asosiga aylandi (q. Keynechilik, Neokeynschilik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x