KELINOY

«KELINOY» — xalqdostoni; shu nomdagi liro-epik dostonlar turkumi. 19 — 20-a. larda yaratilgan. Surxondaryo va Qashqadaryoda, shuningdek, Tojikiston va Turkmanistonning jan. hududlarida yashovchi oʻzbeklar oʻrtasida keng tarqalgan. Dastlab naql, rivoyat va termalar sifatida (kichik epik va xayotiy voqealar asosida) yuzaga kelgan. Keyinchalik yaxlit va mustaqil syujetli doston shaklida kuylangan. «Kelinoy»ning bir necha tarixiy davrlarga xos variant va versiyalari bor. Umir baxshining «Kelinoy», Qodir Rahim oʻgʻlining «Masharoy-Norgʻuloy», Rajab baxshi va Buri boxshmlarning «Izzatoy» kabi «Kelinoy» dostoni variantlarida bosh qahramon (Ke-linoy)ning goʻzalligi, aql-idroki taʼriflanib, tengsiz nikoh, baʼzi salbiy urf-odatlar qoralangan. Keyinchalik Tosh Chorshanba oʻgʻli, Umir baxshi, Mamadrayim baxshi (1889—1970), Hazratqul Xudoyberdi oʻgʻli, Chori Xoʻjamberdi oʻgʻli, Zohir Qoʻchqor oʻgʻli va b. baxshilar yaratgan «Oysha», «Toshgul», «Oytoshgul», «Xonsuluv», «Oysihat» va «Kelinoy» turkumidagi boshqa dostonlarda xotin-qizlar erki va xalq ozodligi masalalari ilgari surilgan. «Kelinoy» turkumida hoz. ham dostonlar yaratilmoqda va ijro etilmoqsa. Ad.: Kelinoy, T., 1962.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x