QOʻSHILGAN QIYMAT SOLIGʻI

QOʻSHILGAN QIYMAT SOLIGʻI — umumdavlat soliq turi; i. ch. va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi M. Lore tomonidan 1954-y. da taklif qilingan, 1960-y. da Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 1992-y. dan boshlab qoʻllaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan obyekt hisoblanadi. Sotish boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obyektining turiga qarab, oʻziga xos usulda aniqlanadi. Mas, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, i. t., konstruktorlik, texnolo-gik, qayta taʼmirlash va b. shunga oʻxshash ishlar qiymati Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladi. Xizmatlar koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida baja-rilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va b. xizmatlar qiymati shu soliq obyekti boʻladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni Qoʻshilgan qiymat soligʻi sga tortishda uning obyekti joʻnatilgan aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Qoʻshilgan qiymat soligʻi asosan, 20,0% li stavka boʻyicha un-diriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻi s kamayti-rilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi s boʻyicha toʻlovlar soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etilgan muddatdan soʻng 5 kun orasida davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun Qoʻshilgan qiymat soligʻi sni toʻlashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻi s bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi sni undirish va toʻlash tartibqoidalari Oʻzbekiston Respublikasining «Soliq kodeksi» (65—79-moddalari) bilan tartibga solinadi.

Shuhrat Toshmatov, Muhammadjon Nigʻmatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x