KATTA OʻYIN

KATTA OʻYINFargʻona raqs maktabiga xos qad. professional mumtoz raqs turkumi va ijro usuli. Ulkan syujet, hayotbaxsh chuqur mazmunga ega boʻlgan Katta oʻyin turkumidagi raqslarda lirik, qahramonlik va hayotiy mavzular aks ettirilgan. Katta oʻyinda har biri alohida mazmun va ijrochilik uslubiga ega boʻlgan 60 dan ortiq raqs usuli mavjud boʻlib, ular asrlar davomida takomillashib borgan. Bizgacha bir necha usuli yetib kelgan: dildir, qoʻshqars, yakkaqars, oʻtish qismi, shoh, oqsatma, gul oʻyin, jilva rezi, ducharx, duchava, chorqars, usuli haqqoniy, zang oʻyin va b.

Katta oʻyin raqslarining koʻpchiligi, uzoq vaqt ijro etilishi bilan boshqa raqslardan farq qiladi. Bu turkumga kirgan raqslarning har biri maʼlum bir maʼno, plastik ifoda va ijrochilik uslubiga ega boʻlganidan alohida ham ijro etilavergan.

Qadimda Qoʻqonda Katta oʻyinning isteʼdodli kashfiyotchilari, ijrochilari boʻlgan. Keyinchalik Katta oʻyin turkumiga kirgan ayrim raqslarning takomillashuvida Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, R. Karimova kabi sanʼatkorlarning xizmati katta boʻldi.

Ad.: Karimova R., Ferganskiy tanes, T., 1973.

Lyubov Avdeyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x