KATARAKTA (yun. katarrhaktes — sharshara) — koʻz gavharining xiralanishi. Bunda koʻzga tushayotgan yorugʻlik nurlarining yoʻli qisman toʻsilib qolib, koʻz baʼzan koʻrmay qoladi. Koʻz gavharining qaysi qismi xiralashganiga qarab, Kataraktaning quyidagi turlari farq qilinadi: old vaorqa polyar Katarakta, xaltali Katarakta (gavharni oʻrab turgan kapsulada boʻladi), ya d rol i (gavharning markazida boʻladi), urchuqsimon, qavatli yoki zonulyar, toʻliq plyonkasimon, koʻp shaklli, poʻstloq K. si (gavharning periferik qavatiga tushadi). Koʻz gavharida xiralanishning boshlanishi birlamchi Katarakta deyilsa, gavharning yadrosi yoki Katarakta massalari olingandan soʻng paydo boʻlgan xiralanish i k k i l a mchi Katarakta deyiladi.
Katarakta tugʻma va hayotda orttirilgan boʻladi. Ona qornida rivojlanayotgan homilaga turli tashqi (zaharlanish, gipova avitaminoz, nurlanish) va ichki (ona va bolaning rezus kelishmovchiligi) muhitlarning salbiy taʼsiri, homiladorlik vaqtida onaning turli kasalliklar, ayniqsa, yuqumli kasalliklar bilan ogʻrishi, shuningdek, nasldannaslga oʻtuvchi irsiy kasalliklar tugma Kataraktaga sabab boʻladi. Bunda gavharning xiralashishi juda sekin rivojlanishi mumkin, ayrim bemorlarda umr boʻyi oʻzgarmaydi. Organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, qand kasalligi, shuningdek, umumiy kasalliklar, koʻz shikastlanishlari va kasalliklari, yaqindan koʻrishning ogʻir shakli, yuqori t-rada uzoq ishlash, turli zaharli moddalar va ionlashtiruvchi nurlar taʼsirida orttirilgan Katarakta yuzaga keladi. Orttirilgan Kataraktaning qarilik, travmatik va asoratli (glaukoma, iridotsiklit, qand kasalligi va b. ning asorati sifatida) turlari bor. Orttirilgan Kataraktada vaqt oʻtishi bilan koʻz gavhari butunlay xiralashib qoladi. Qarilikdagi Katarakta asta-sekin rivojlanadi, u koʻproq 55—60 yoshdan oshganlarda uchraydi. Qarilikdagi Kataraktaning boshlanish, yetilmagan, yetilgan va yetilib oʻtib ketgan bosqichlari farq qilinadi, uning yetilgan davri hammada har xil, bu odatda, bemorning umumiy ahvoli va yoshiga bogʻliq. Operatsiya muddatini belgilashda kasallikning yetilgan bosqichi muhim. Kataraktada dastlab bemorning kasal koʻzi oldi jimirlab, nuqta, chiziq va dogʻlar paydo boʻladi; yonib turgan lampa, shar yoki fonarga shu koʻz bilan Karaganda, u bir nechta boʻlib koʻrinadi. Bu — notekis xiralashgan koʻz gavharining nur sindirish xususiyati buzilishi oqibatida roʻy beradi. Koʻzning xira tortishi uning boshqa kasalliklarida ham kuzatiladi, shuning uchun, albatta, vrachga murojaat etish va kasallikni oʻz vaqtida aniqlash lozim. Dorilar bilan davolanadi yoki mikroxirurgiya, ultratovush yoki lazer nurlari yordamida operatsiya qilib xiralashgan koʻz gavhari olib tashlanadi.