KATMAI

KATMAI — Aleut tizmasining shim. qismidagi harakatdagi vulkan. Alyaska ya. o. da. Bal. 2047 m. Andezit va datsitlardan tuzilgan. 1912-y. 6-iyunda portlash xarakteridagi kuchli otilish roʻy bergan; krateri oʻrnida diametri 1,5 km, chuq. 1200 m boʻlgan koʻlli vulkan ogʻzi hosil boʻlgan. Soʻnggi marta 1921-y. da otilgan. Katmay milliy parki tarkibida. Yon bagʻrining pastki qismi igna bargli va mayda bargli oʻrmonlar, butazorlar, yuqori qismi tundra oʻsimliklari bilan qoplangan. Shim.-sharqiy yon bagʻrida muzliklar bor. Faunasi tarkibida alyaska qoʻngʻir ayigʻi; 150 turga mansub qushlar uchraydi. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x