KATAKLAZ

KATAKLAZ (yun. kataklao — buzaman) — tektonik qarakatlar taʼsiri ostida togʻ jinslari tarkibidagi minerallarning deformatsiyasi va ezilishi. Asosan, tektonik yorilishlar yuzasi boʻylab va unga yaqin joylarda kuzatiladi. Bunda togʻ jinslarining strukturasi buziladi, mineral donachalarining oʻlcham va shakllari oʻzgaradi. Kataklazda, odatda, mineral donachalarining ahamiyatli siljishlari yuz bermaydi. Shu sababli, jinsning strukturasi keskin oʻzgarsada, uning dastlabki teksturasi saklanadi. Kimyoviy va mineralogik oʻzgarishlar boʻlmaydi yoki juda kam darajada namoyon boʻladi. Kuchsiz Kataklaz kristallning yupqa shlifini qutblangan yorugʻlikda kuzatib aniqlanadi, bunda «toʻlqin sunishi» kuzatiladi (ayniqsa, kvars kristallarida aniq namoyon boʻladi); kuchliroq Kataklaz xuddi shu sharoitlarda «mozaika soʻnishi»ga olib keladi. Kuchli Kataklaz alohida donachalarning maydalanishi («granulyatsiya») ga sabab boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x