KATALAN TILI

KATALAN TILIroman tillarining iber-roman guruhiga mansub. Ispaniyaning Kataloniya, Valensiya muxtor viloyatlarida, Balear o. larida, Fransiyaning Russilyon tarixiy viloyatida, Sharqiy Tereney departamentida, shuningdek, Andorra davlati hamda Sardiniya o. (Italiya)ning Algero shahrida tarqalgan. Katalan tilida taxm. 8 mln. dan ziyod kishi gaplashadi (1992). Ispaniya (ispan tili bilan bir qatorda), Andorra davlatlarining (ispan va fransuz tillari b-n bir qatorda) rasmiy tili. Sharqiy (barselon, balear, russimon, alger) va gʻarbiy (leridan, valensi) dialektlarga boʻlinadi. Fo-netikasida murakkab konsonantizm (undoshlar tizimi) hamda fonemalarning nutkda gʻoyat oʻzgaruvchanligi b-n ajralib turadi. Mazkur tilning leksikasi va sintaksisiga ispan tilining taʼsiri katta boʻlgan. Katalan tiliga oid yozma yodgorliklar 11 —12-a. larda paydo boʻlgan. 13-a. oʻrtalaridan adabiy Katalan tili shakllana boshlagan. Hoz. adabiy Katalan tili 19—20-a. larda shakllangan. Uning asoschisi 19-a. da yashab oʻtgan atoqli yozuvchi J. Verdager. Yozuvi lotin alifbosi asosida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x