KASAI

KASAI (quyi oqimida Kva) — Markaziy Afrikadagi daryo, Angola va Kongo Demokratik Respublikasi xududida. Kongo daryosining yirik chap irmogʻi. Uz. 2000 km, havzasining mayd. 880,2 ming km2. Lunda platosidan boshlanib, uning shim. yon bagʻirlari boʻylab ostona va sharsharalar hosil qilib, Kongo botigʻiga oqib tushadi. Quyi oqimida koʻlga oʻxshash shakllarni hosil qilgan. Yirik irmoqlari: oʻngdan — Lulua, Sankuru, Fimi; chapdan — Kvango. Sent— okt. dan apr. gacha toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 10 ming m3/sek. Baliq ovlanadi. Quyilish joyidan boshlab 790 km masofada kema qatnaydi. Yirik pristani — Ilebo. Kasai havzasida yirik olmos konlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x