DUOBASOY

DUOBASOYSurxondaryo viloyati Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi soy. Yuqori oqimida Chormogolsoy, quyi oqimida Choshsoy deb nomlanadi. Toʻpolon suv omboriga quyiladi. Boysuntogʻ tizmasining Xoʻjapiryon va Xursand-togʻ tarmoklari sharqiy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan 50 dan ortiq irmogʻi bor. Uz. 33 km, suv toʻplash mayd. 244 km2. D. yuqori va oʻrta oqimida nishabi katta, chuqur va tor vodiyda tez oqadi. Havzasi nisbatan baland va nam havo oqimlariga roʻpara joylashganli-gidan yogʻin koʻproq yogʻadi. Shu sababli Duobasoyda suv ancha koʻp, oʻrtacha suv sarfi 5 m3/sek chamasida. Duobasoy qor-muzliklardan toʻyinadi. Toʻlinsuv davri may—iyunda boʻladi, dek. —yanvarda suvi kamayadi. Duobasoydan Chosh qishlogʻi suv ichadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x