KARQURLAR

KARQURLAR (Tetrao) — tovuqsimonlar turkumiga mansub yirik qushlar urugʻi. Urchish davrida sayrayotgan narining qulogʻi bir necha sekund bitib, tamoman eshitmasdan qoladi (nomi shundan olingan). Uz. 56—85 sm, vazni 4—5,5 kg, baʼzan 6,5 kg gacha. 2 turi Yevrosiyo oʻrmonlarida: K. (T. urogallus) Sharqiy Karpatdan Baykalgacha, tosh K. (T. parvirostris) — Baykaldan Kamchatkagacha tarqalgan. Poligam. Yerda, qishda daraxtda yashaydi. Qaragʻay, kedr, baʼzan qoraqaragʻay qubbalari, tilogʻoch va qayin kurtaklari bilan oziqlanadi. Ovlanadi. Oʻrmonlarning kesilishi tufayli soni kamayib bormokda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x