KARIMOVA Roziya Zaripovna

KARIMOVA Roziya Zaripovna (1916.18.3, Qozon) — raqqosa, balet artisti, xoreograf, pedagog, olima. Oʻzbekiston xalk, artisti (1950). Oʻzbek davlat musiqali teatri qoshidagi teatr studiyasini tugatgan (1932), shu teatr truppasida, 1939—57 y. lar Uzbek davlat opera va balet teatri (hoz. Navoiy teatri)da yakka raqqosa. 1949-y. dan Oʻzbek raqs va xoreografiya oliy bilim yurtida pedagog. 1964-y. dan Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik in-tida katga ilmiy xodim. Spektakllarda lirik va qahramonlik xarakteridagi raqslarni ijro etish bilan birga Anorxon («Oʻrtoqlar»), Asal («Gulsara»), OsiyoArshin mol olon») kabi dramatik rollar ham ijro etgan. Balet partiyalarida oʻzbek xalq raqsi harakatlarini pantomima bilan uygʻunlashtirishga harakat qilgan. «Gulandom» (Ye. Brusilovskiy), «Oq bilak» (S. Vasilenko), «Esmeralda» (Ch. Puni) baletlarida Gulandom, Oq bilak, Ona; «Boʻron» (M. Ashrafiy, S. Vasilenko), «Karmen» (J. Bize) operalarida Kumushoy, Fraskita balet partiyalarini ijro etgan. 1957—60 y. lar Muqimiy teatrida baletmeyster. «Ravshan va Zulxumor», «Nurxon» kabi spektakllarning raqslarini sahnalashtirgan. Oʻzbek raqsiga oid asarlar, uslubiy oʻquv qoʻllanmalari muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

As: Tansы ansamblya Baxor, T., 1979; Uzbekskiye tansы v postanovkax Isaxara Akilova, T., 1987; Urok uzbekskogo tansa, T., 1987; Fargʻona raqsi, T., 1992; Tanavor, T., 1993; Doyra zarblariga mashgʻulot, T., 1995.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x