KANANGA

KANANGAKongo Demokratik Respublikasidagi shahar, Lulua daryosi sohilida. Kasai provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 400 ming kishi chamasida (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Muhim savdo markazi. Oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati; paxta tozalash, maishiy elektrotexnika priborlarini yigʻuvchi korxonalar, issiqlik elektr st-yasi, oʻlkashunoslik muzeyi, shahar yaqinida olmos konlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x