ISHIM XAZINASI

ISHIM XAZINASI — qad. buyumlar majmuasi. 1911-y. Achinsk sh. dan 50 km shim. da Ishimka qishlogʻi yaqinida, taygadagi botqoqliklar orasidagi orolchadan topilgan. Bu yer mil. av. 1ming yillikdan boshlab ming yillar davomida aholi tomonidan ziyorat qilinadigan qurbongoh hisoblangan. Xazinadagi narsalar maʼbudlarga qilingan sovgʻalar va qad. shamanlik marosimlari bilan bogʻliqboʻlgan. Ishim xazinasi, asosan, qurol-aslaha — temir qilichlar, xanjarlar, nayzalar, kamon oʻqi uchlari (jez, temir), temir koʻzgular (mahalliy va Xitoyda ishlangan), «hayvoniy uslub»da bajarilgan tumor — zeb-ziynatlardan iborat. Ishim xazinasi dagi oʻzga yurtlardan keltirilgan turli buyumlar moʻyna yetkazib beruvchi mahalliy tayga ovchilarining uzoq oʻlkalar bilan savdo aloqalaridan dalolat beradi. Ishim xazinasi Krasnoyarsk oʻlkashunoslik muzeyida saqlanmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x