KAMPANELLA

KAMPANELLA (Campanella) Tommazo (1568.5.9, Stilo, Italiya – 1639. 21.5, Parij) — italyan faylasufi, shoir, siyosiy arbob, kommunistik utopiya ijodchisi. 14 yoshidan dominikchirohiblikni qabul qilgan. «Sezgilar yordamida isbotlangan falsafa» asarida B. Telezio naturfalsafasini himoya qilgan. Bir necha marta bidʼatchilikda ayblangan. 1598—99 y. larda Kalabriyada ispan bosqinchilariga qarshi isyon uyushtirgani uchun umrbod qamoqqa hukm qilindi. 27 y. qamoqda yotib, falsafa, siyosat, falakiyot, tibbiyotga oid oʻnlab asarlar yezdi. 1629-y. qamoqdan ozod etildi. Kampanella tabiatni tajriba yoʻli bilan bilish tarafdori edi. Uning fikricha, xulqning oliy maqsadi — shaxsiy hayotni ehtiyot qilmoq va taʼminlamoqdir. Iroda batamom hukmronlikka yoʻnaltirilishi lozim; xukmronlikka bilim orqali erishiladi, bilim esa butun tarbiyaning asosiga qurilgan boʻlishi kerak. Kampanellaning «Quyosh shahri» (1602) asari dengizchining hikoyasi shaklida yozilgan boʻlib, unda olimkohinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi ideal jamoa bayon qilingan (jamoada xususiy mulk va oila boʻlmay-di, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, hamma uchun majburiy mehnat 4 soatlik ish kunidan iborat qilib joriy etiladi, fan va maorif tarak,qiy etadi). Lirik sheʼrlar, sonetlar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x