KAMPALA

KAMPALAUganda poytaxti. Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Viktoriya koʻlining shim. sohillari yaqinida 1300 m gacha boʻlgan balandlikda joylashgan. Aholisi 902,9 ming kishi (2000). Iklimi ekvatorial mussonli iklim, yanv. ning oʻr-tacha t-rasi 22°, iyulniki 20°. Yiliga oʻrtacha 1500 mm yogʻin tushadi.

Kampala — mamlakatning muhim siyosiy, madaniy, moliya, savdo-sanoat markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. T. y. orqali Hind okeani sohilidagi Mombasa (Keniya) porti bilan bogʻlangan. Shahardan 35 km jan. da xalqaro aeroport joylashgan. Oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika, koʻn poyabzal sanoati rivojlangan. Metallsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari, avtomobil remonti ustaxonalari bor. Shaharga 1890-y. da inglizlar tomonidan qalʼa sifatida asos solingan. K. Bugandaning savdo markazi sifatida rivojlandi. 1962-y. dan mustaqil Uganda poytaxti. Shahar tepaliklarda joylashganligi sababli yagona reja asosida qurilmagan.

Kampalada Makerere unti (1922; 1970-y. dan Uganda milliy un-ti), nafis sanʼat maktabi, tibbiyot bilim yurti, ped. va texnika kollejlari, Uganda ilmiy jamiyati, Uganda muzeyi, badiiy galereya bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x