KAMINSKIY Ilya Yakovlevich

KAMINSKIY Ilya Yakovlevich (1900—1969) — gidrotexnika sohasidagi olim, prof. (1945), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1952). Moskva Oliy texnika bilim yurti (MVTU) ni tugatgan (1927). Toshkent «Gidroelektroqurilish» boshqarmasida muhandis (1927—30), Oʻrta Osiyo industrial in-tida dotsent (1930—43), kafedra mudiri (1944—69), Farhod GES qurilishida bosh muhandis (1944), Oʻrta Osiyodagi bir necha yirik GES lar qurilishida, boshqarmalarda, i. t. intlarida ishlagan. Ilmiy ishlari suv energiyasidan foydalanish masalalariga, gidroenergetika qurilmalarini tadqiq qilishga, gidravlika va gidravlika mashinalarining nazariy masalalariga doyr. Kaminskiy gidrotexnikaga oid bir necha ilmiy asarlar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x