KAMALAK-TV

«KAMALAK-TV»Oʻzbekiston Respublikasida aholi va tashkilotlarga telekommunikatsiya xizmati koʻrsatuvchi Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Respublika radioaloqa va televideniye i. ch. birlashmasi (Aloqa vazirligi) va AQSH tomonidan Interneyshnl Tellssll IPK kompaniyasi 1992-y. tashkil qilgan. «K.-TV» — yuqori sifatli sunʼiy yoʻldosh televideniye tizimi. «K.-TV» oʻz faoliyatini televideniye xizmatlari koʻrsatishdan boshladi. Amerika tomoni qoʻshma korxonaga efir-kabelli televideniyening zamonaviy texnologiyasi va jihozlari tizimini yetkazib berdi (bu tizim jaqonda MMDS belgisi bilan maʼlum). «K.-TV» kabel boʻyicha mijozlar (abonentlar) ga 1993-y. 8 ta televizion kanal boʻyicha xizmat koʻrsatgan, 2002-y. da bu koʻrsatkich 20 televizion kanalga yetdi. Bu kanallar boʻyicha sutka mobaynida butun dunyodan oʻzbek, rus, ingliz, nemis, fransuz, koreys va b. tillarda 28 sunʼiy yoʻldosh dasturlari olib koʻrsatiladi. «K.-TV» olib uzatadigan kanallar orqali esa yangi axborotlar, filmlar, sport musobaqalari, voqealar sodir boʻlayotgan joylardan toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatuvlar, musiqa dasturlari, iqtisod va siyosatga doir maʼlumotlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, multfilmlar va b. qiziqarli dasturlar olib koʻrsatiladi. «Kamalak-tv —TV» tizimiga yakka abonentlar ham, jamoa abonentlar ham, korxonalar ham ulanishi mumkin. Uning abonentlari soni — 30 mingdan ortiq (2002). «Kamalak-tvTV» orqali uzatiladigan signallar kodlab qoʻyiladi va abonentlar televizorlariga maxsus qurilmalar oʻrnatiladi.

Mirkomil Mirboboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x