KALUGA VILOYATI

KALUGA VILOYATI — RFdagi viloyat. 1944-y. 5-iyulda tashkil etilgan. Mayd. 29,9 ming km2. Aholisi 1081,2 ming kishi (2000), asosan, ruslar. Shaharliklar 70,3%, 24 tumanga boʻlingan, 18 shahar, 14 shaharcha bor. Markazi — Kaluga sh.

Kaluga viloyati yer yuzasi bir oz past-baland tekislik boʻlib, daryo vodiylari, jarlar oʻyib yuborgan. Iqlimi yozda moʻtadil issiq va sernam, qishda moʻtadil sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 9 dan — 10°gacha, iyulniki 17—18°. Yiliga kariyb 650 mm yogʻin yogʻadi. Yirik daryosi Oka va uning irmoqlari. Tuproqlari chimli oʻrtacha podzollashgan, shim. da oʻrta qumoq, jan.gʻarbda qumloq va qumli tuproq, markaziy va sharqiy qismlarida och sur tusli oʻrmon tuproqlar. Hududining 40% oʻrmon.

Kaluga viloyati xoʻjaligida mashinasozlik va metallsozlik, yengil, yogʻochsozlik va qurilish materiallari sanoatlari yetakchi oʻrinda. Mashinasozlik korxonalari Kaluga (mashinasozlik, turbina, elektrotexnika va b.), Lyudovinovo (teplovozeozlik), Kirov (quyish-mexanika, choʻyan quyish z-dlari) shaharlarida joylashgan. Kaluga, Kondrovo, Kirov, Suxinichi sh. da tikuvchilik va poyabzal f-kalari, Borovskda movut f-kasi, Kaluga va Borovskda trikotaj, toʻquvchilik f-kalari, zigʻir tola z-di bor. Yogʻochsozlik sanoatining yetakchi tarmoqlari: Kalugada «Gigant» gugurt-mebel k-ti, Kondrovoda sellyuloza-qogʻoz, fanera z-dlari, uysozlik, mebel va qogʻoz f-kalari mavjud. Qurilish materiallari sanoatida shisha-oyna, qurilish fayansi, gʻisht va b. ishlab chiqariladi.

Kirovda qurilish fayansi, Kaluga, Maloyaroslavessa silikat gʻisht z-dlari, Kalugada sut z-dlari, goʻsht k-ti, Suxinichida sabzavot konservasi, kraxmal z-dlari bor. Obninskda Rossiyada birinchi qurilgan AES ishlab turibdi.

Q. h. sut chorvachiligi, choʻchqachilik, kartoshkachilik, sabzavotchilik va qisman zigʻirchilikka ixtisoslashgan. Bugʻdoy, javdar, grechixa, arpa, sut va yem-xashak ekinlari ekiladi. Chorvachilikda qoʻy ham boqiladi. Parrandachilik f-kalari bor. Oka daryosida kema qatnaydi. Kalugada aeroport bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x