KALSIFEROLLAR

KALSIFEROLLAR, vitamin D — yogʻda eriydigan birikmalar; sterinlar hosilasi. Antiraxit xossaga ega. Eng muhim Kalsiferollar: ergokalsiferol (vitamin D2) va xolikalsiferol (vitamin D3). Ulardan birinchisi ergosterin (provitamin D2) nurlantirish taʼsirida sunʼiy sintezlanadi. Ikkinchisi odam va hayvonlar tanasida quyoshning ultrabinafsha nurlari taʼsirida 7-degidroxolesterin (provitamin D,)dan olinadi. Kalsiferollarning asosiy manbai baliklar, kitlar va baʼzi b. hayvonlar jigaridagi yogʻlar, nurlantirilgan achitqilar hisoblanadi. Kalsiferollar ichakda kalsiy va fosfor almashinuvi, ularning buyrakda reabsorbsiyasi (qayta soʻrilishi)ni va bu tuzlarning suyak toʻqimasidan chiqarib tashlanishini boshqaradi. Vitamin D ning yetishmasligi skeletni minerallashtiradi (raxit va skelet toʻqimasining yumshoq boʻlib qolishiga sabab boʻladi). Vitamin D meʼyoridan koʻp boʻlganda qonda miqdori ortadi. Bu vitamin yumshoq toʻqimada toʻplanib boradi (gipervitaminoz). Voyaga yetgan odam organizmida bir sutkada 2,5 mkg, bolalarda 12,5 mkg vitamin D sarflanadi.

3 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x