KALIF

KALIFAmudaryo boʻyidagi qad. shahar va kechuv nomi. Amudaryoning eng tor yerida qurilgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Kalif milodning boshlarida bunyod etilgan boʻlsada, u Aleksandr (Iskandar Maqduniy) davridayoq mavjud boʻlganligi ehtimoli bor. Tarixchilarning fikriga koʻra yunon-makedon qoʻshini aynan shu yerdan Amudaryoni kechib oʻtgan. 10-a. da shahar daryoning har ikki qirgʻogʻini egallagan. Shaharning asosiy qismi daryoning soʻl qirgʻogʻida boʻlib, unda Zulqarnayn raboti, jome masjidi joylashgan. Uning qarshisida, daryoning oʻng qirgʻogʻida Zulkifl raboti boʻlgan. Ibn al Asirning yozishicha, Amudaryoga qurilgan dastlabki suzuvchi koʻprik (ponton) 11-a. da Mahmud Gʻaznaviy tomonidan qurilgan. Sulton Mahmud qoraxoniylar xoqoni Arslonxonning daʼvatiga binoan, Qodirxonga qarshi chiqqanda shu yerdan oʻtgan. Daryoning bu yerdagi kengligi 3 ming qadamga yaqin boʻlgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, Kalif yaqinida Zulqarnayn, yaʼni Iskandar butun boyliklari, oltinlari bilan dafn qilingan. Hofizi Abruning yozishicha, Iskandar Kalifda xazinasini koʻmib quygan, keyinchalik uni sosoniylar shohi Anushirvon izlab topa olmagan. V. V. Bartoldning fikricha, islomdan avval Kalifda mahalliy dinga oid bosh sajdagoh boʻlgan, keyinchalik uni Iskandar bilan bogʻlashgan.

Oʻrta asrlarda Kalif shahrining ahamiyati shu qadar oshganki, hatto Amudaryo «Kalif daryosi» deb ham atala boshlagan. 12-a. da Kalif mustahkam qalʼa boʻlgan. Amir Temur va temuriylar davrida ham Kalif muhim kechuv yeri sanalgan. 17-a. K. shahri faqat daryoning soʻl qirgʻogʻini egallagan. Uning mudofaa devorlari bu davrda vayron qilingan boʻlib, unda faqat kemachi hunarmandlar va xiroj toʻplovchi amaldorlar yashagan. 17-a. oxirida soʻl qirgʻoqdagi Kalif uzil-kesil tanazzulga uchraydi, bu Amudaryodan chiqarilgan Foxir kanalining qurib qolishi bilan bogʻliq edi. Shu davrdan boshlab Kalif hozirgacha oʻng qirgʻoqda rivojlanib kelmoqda.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX – nachala XIII vv., T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x