KAGAROV Farrux Abdullayevich

KAGAROV Farrux Abdullayevich (1937.23.11 — Toshkent — 2001.21.1) — grafik rassom, plakatchi; Oʻzbekiston xalq rassomi (1989). Toshkent pedagogika in-tining badiiy grafika f-tini tugatgan (1959). Asosan, siyosiy plakat, kitob bezagi va hajviy janrlarda ijod qildi. Ijodida tinchlik mavzui yetakchi oʻrin tutadi; hajviy asarlari «Mushtum» jur. da bosilgan.

80-y. lar oxiridan manzarali rangtasvir b-n shugʻullandi. «Mushtum» jur. tahrir hayʼati aʼzosi (1986-y. dan). Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi Plakatchilar seksiyasi raisi (1965—77 va 1982—86). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x