“Jonimgʻa sening darding erur malham”

* * *

Gul gʻuncha boʻlur, koʻrsa yuzini chaman ichra,

Titrar koʻrib oy elni shamʼ anjuman ichra.

 

Kim koʻrdi aning erni mening boshima mengzar,

Bir laʼl Badaxshondau bir dur Adan ichra.

 

Boʻyu, yuzu laʼl ernu, xatu xaddina tush yoʻq,

Sarvu, gulu mul, nastarinu yosuman ichra.

 

Jodu koʻzini Kashmir elu xalqi koʻribon,

Tuttiq dedilar, seni musallam bu fan ichra.

 

Xoʻblar chu yasab yuz yasalar zulfi chirikin,

Bilgulik erur yuzing, ey, shohim, tuman ichra.

 

Yuzing bila lof urgʻali kun lobda uyolgʻoy,

Shamʼye erur ul gʻoyati yer-koʻk lakan ichra.

 

Sakkokiydin, ey, jon, gʻaming elchisi tilar jon,

Jon birla ravon qildim agar boʻlsa tan ichra.

 

* * *

Bilursenkim, kechar dunyoyi foni,

Qulungga qilmagʻil javru jafoni.

 

Base, koʻp vaʼdalar qildingu bording,

Kel, emdi vaʼdagʻa qilgʻil vafoni.

 

Vafou husn ichinda yuz yashogʻil,

Ijobat qil, ilohiy bu duoni.

 

Agar boʻlsa balo xoʻblarni sevmak,

Qabul qildim bu yoʻlda ming baloni.

 

Zakote ber labingdin desam, aytur,

Qavung ketsun bu Sakkokiy gadoni.

 

* * *

Qaro koʻz birla bir gʻamza qilib, yuz ming jafo qilma,

Karashma birla olamni meningdek mubtalo qilma.

 

Mening bu xasta jonimgʻa sening darding erur malham,

Qiyomatqa teki hargiz bu dardimga davo qilma.

 

Meni, ey, oy, qoʻrqarmen qilib dunyoda sargashta,

Eshiging tuproqin koʻzga topilmas toʻtiyo qilma.

 

Firoqing boʻtasi ichra tanimni sizgʻirur har dam,

Yuzumni oltun etqoli gʻamingni kimiyo qilma.

 

Oxir, begona deb, giryon eshigingdin quvar boʻlsang,

Kular yuz koʻrguzub avval kishini oshno qilma.

 

Bagʻir qon aylading javru jafo birla, ey, sultonim,

Koʻzum yoshi bilan har dam yuzumda mojaro qilma.

 

Ey, Sakkokiy, bu shah qobqin gʻanimat tut chu zulfingʻa,

Ozoqin bogʻlagʻon qushsen, uchargʻa hech havo qilma.

 

* * *

Jon hajr oʻtina tutti yana bizni unutma,

Zulfing biki qad boʻldi duto bizni unutma.

 

Yoʻq erdi rizo ketgʻali bir lahza qoshingdin,

Sendin chu yiroq soldi qazo bizni unutma.

 

Nortek yangoqing furqati ichra koʻngulu jon,

Ul kuydi judou, bu judo bizni unutma.

 

Iso damining bir asari har nafasingda,

Jon dardina, ey, xulqi davo, bizni unutma.

 

Hijron evining kunjin olib, kechayu kunduz,

Zulfu yuzungga tilda sano bizni unutma.

 

Sakkokiy, ul oy manzilina xud yeta bilmas,

Sen yetsang agar anda, sabo bizni unutma.

 

* * *

Suratingga ahli maʼni, ey, pari jon otodi,

Sayrafiy erningni koʻrdi laʼl xandon otodi.

 

Ogʻzingu tishingni koʻrdi, gʻunchau gul dedi rost,

Qaddingga qilgan nazar sarvi xiromon otodi.

 

Zulfingu yuzingni koʻrgan vasfing aytur tunu kun,

Koʻz qamar boqgʻon yuzungga mohi tobon otodi.

 

Gʻabgʻabu zulfingga kim hayronu sargardon uqul,

Aqli yoʻq goʻdakdur ulkim choʻyu chavgon otodi.

Jaʼdingga chin mushki demishlar, bu nisbat, bas, xato,

Bori man bilsam ani qaysi parishon otodi.

 

Loladek ruxsoringga boqgʻonda Sakkokiy koʻzi,

Yoshini koʻrgon kishilar jola boron otodi.

 

* * *

Koʻrub xurram yuzung yozin koʻzum xush oqtirur sayle,

Oyo, sarvi sahi qilgʻil oqar suv sori bir mayle.

 

Sanamlar husn otin sursa, latofatning bisotinda,

Mening shohim erur ul dam alarning ora sarxayle.

 

Koʻzim paymonasi har dam toʻkar kuygan yurak qonin,

Bale, toʻklur boʻlur lobud toʻlib-toshqondo har kayle.

 

Yuz uzra goʻyiyo zulfing Sulaymon mulkini tutmish,

Ul Ahramanning ilkidin hazoron ohu vovayle.

 

Koʻzumning yoshi dur yangligʻ oyoqingga tushar har dam,

Bu bir gustohliqin kechirub yop oning aybini zayle.

 

Yuzingni koʻrsa Sakkokiy, koʻzun yoshin tiya bilmas,

Bale, gul mavsumi boʻlsa, tangizlardan oqar sayle.

 

* * *

Koʻzlaringiz ohuni har dam jigar xun ayladi,

Mushk hidliq zulfungiz Laylini Majnun ayladi.

 

Ey, malohat mulkining sultoni, az et yorliqa,

Qomatimni ul alifdek qaddingiz nun ayladi.

 

Movarounnahr ichra qoldim, chunki ikki yonima:

Koʻzlarimning biri – Sayhun, biri – Jayhun ayladi.

 

Kipriging novak oʻqin bagʻrimgʻa urub har zamon,

Fitna birla qoshlaring koʻnglumni maftun ayladi.

 

Niyatim bor erdi kezsam dunyoning majmuini,

Koʻr ani davri falak netek digarxun ayladi.

 

Shukri bori dushmanim, bilmas yuzumning sorigʻin,

Qahrabo yangligʻ engimni ashki gulgun ayladi.

 

Ishq fani barcha fanlardin erur nazuk, magar,

Ishqingiz Sakkokiyni bu fanda zafun ayladi.

 

SAKKOKIY

 

“Sharq yulduzi” jurnali, 2016–7

https://saviya.uz/ijod/nazm/jonimga-sening-darding-erur-malham/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x