JOME MASJID

JOME MASJIDshahar markazidagi yoki nisbatan katta hududdagi asosiy va eng katta bosh masjid. Jamoa uchun zarur turli xabarlar eʼlon qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan maxsus bino. Shahar tashqarisida musallo, namozgox. Juma masjid, guzar (mahalla) masjidlariga nisbatan uning tuzilishi salobatli. Oʻrta Osiyoda Jome masjidning umumiy tarxi murabba yoki toʻgʻri toʻrtburchakli xonaqox boʻlib, bir (old yoki yon) tomoni, ikki (jan. va sharqiy yoki shim. va sharqiy) yoki uch tomoni ayvon bilan oʻralgan. Xonaqoh tomi gumbazli yoki toʻsinli. Ayvon va xonaqox kattaligi toʻsinlar soni va qatori bilan belgilangan, baʼzan xonaqoh 1, 2, 4 gumbazli, ayvonlar atrofi qator ustunli, burchakda azon aytishga muljallangan mezana va hovli oʻrtasida hovuz boʻlgan. Buxoroda birinchi Jome masjid 713-y. Qutayba ibn Muslim tomonidan ishga tushirilgan. Ushbu masjid uchun mahalliy majusiylar ibodatxonasi moslashtirilgan. 14—15-a. larda Jome masjid qurilishiga davrning mashhur meʼmor va muxandislari safarbar qilingan (q. Al-masjid al-Aqso, Al-masjid al-Harom, Masjidi kalon, Bibixonim jome masjidi, Dehli jome masjidi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x