JIZZA

JIZZA — oʻz yogʻida qovurilgan toʻgʻramcha dumba. Qoʻyning yogʻi (dumba) toʻgʻri toʻrtburchak shaklida toʻgʻralib, past olovda qovuriladi, soʻngra yogʻlari erib, yogʻ toʻqimalari va qoldiq yogʻlardan Jizza hosil boʻladi. Asosan qoʻyning dumbasidan tayyorlanadi, shuningdek, qoramol va b. hayvon yogʻi eritilib xam Jizza olinadi. Dumba Jizzasi issigʻida tuz va piyoz aralashtirib, non bilan yeyiladi yoki xamirga solib Jizza li non (patir) yopiladi. Xalq tabobatida Jizzani oʻrik, bodom yoki yongʻoq magʻzi bilan birga tuyilib, yara-chaqani davolashda (malham sifatida) ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x