CHJEN CHENGUN

CHJEN CHENGUN (Yevropa adabiyotida Koksinga) (1624-1662) Xitoy sarkardasi. Savdogarlardan. 1646-y. dan manjurlarning Sin sulolasiga qarshi koʻtarilgan kurashda qatnashgan. Bu davrda Sinlarning hokimiyati deyarli butun Xitoy hududiga tarqalgan edi. Fuszyan, Guandun va Chjeszyan viloyatlarining dengiz sohil boʻyi rnlarida oʻrnashib olgan Chjen Chengun manjurlardan Jan. Sharqiy Xitoyning katta qismini tortib olgan, lekin 1659-y. Nankin yaqinida magʻlubiyatga uchragan. 1661—62 y. larda golland mustamlakachilarini Tayvan o. dan quvib chiqargan va uni Sinlarga qarshi kurash markazi (bazasi)ga aylantrfgan. Uning oʻgʻli va nabirasi 1683-y. gacha Tayvanda hukmronlik qilishgan, shu yili orolni Sin qoʻshinlari bosib olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x