JEZQAZGʻAN

JEZQAZGʻAN (qozoqcha — mis qazimoq) — Qozogʻiston Respublikasi Karaganda viloyatidagi shaqar (1954-y. gacha shaharcha). Kengir suv omborining oʻng sohilida joylashgan. Qaragʻanda sh. dan 520 km. 1997-y. dan Jezqazgʻanga maʼmuriy jihatdan Satpayev sh. boʻysunadi. T. y. stansiyasi. Aholisi 148,7 ming kishi (Satpev sh. bilan birga, 1999). Jezqazgʻanda mis rudasi borligi mahalliy aholiga qadimdan maʼlum boʻlgan. 1771-y. Markaziy Qozogʻistonga baron Traunberg ekspeditsiyasi kelgan va Ulugtov jan. etaklarida mis rudalari borligini aniqlagan. 1847-y. yekaterinburglik savdogar Nikolay Ushakov chorvador Botir Bakasindan mis zaxiralari bor deb taxmin qilingan maydonni ijaraga olgan.

1890-y. J. konini inglizlar sotib olgan va 1913-y. bahorida mis eritish z-di va Qarsaqpayda boyitish f-kasini qurish uchun tayyorgarlik koʻrgan. Mis. rudasi 20-a. boshidan oz miqdorda qazib olina boshlagan. 1925-y. Otbosar rangli metallar tresti tashkil etilib, uning tarkibida Qarsaqpay k-ti boʻlgan. 1928-y. Qarsaqpay mis eritish z-di birinchi mahsulotini berdi. 1947-y. J. boyitish f-kasi qurila boshladi, 1954-y. foydalanishga topshirildi.

Jezqazgʻan regionida marganes konsentrati ishlab chiqariladigan va oltin rudasi qazib olinadigan konlar va f-kalar, mis z-di va sim i. ch. sexi joylashgan. Jezqazgʻan rudasi tarkibida qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, oltingugurt, oltin va nodir hamda tarqoq elementlar mavjud. Gidrometallurgiya, quyish mexanika z-dlari, trikotaj f-kasi, goʻsht k-ti, sut z-di, emal sexi ishlab turibdi. Jezqazgʻan koni asosida misdan tashqari rangli metallurgiya rivojlangan boʻlib, «Qazaqmyu» korporatsiyasining «Jezkazgansvetmet» aksiyadorlik jamiyati korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Jezqazgʻan mis koni aniqlangan zaxirasi boʻyicha dunyodagi yirik konlardan biri.

Jezqazgʻan hududida kompleks rudalar, mis, qoʻrgʻoshin, kumush, oltin, volfram, molibden, temir, marganes, optik kvarsning katta zaxiralari bor. Undan tashqari koʻmir, neft, gaz, tabiiy qurilish materiallari, qoplama va ziynat toshlari konlari mavjud. Jezqazgʻanda 2 oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, tarix oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x