JENSHEN

JENSHEN (Panax ginseng) — araliyadoshlarga (Araliceae) mansub koʻp yillik oʻt. Sharqiy Osiyo, Xitoy va Koreyada tabiiy holda oʻsuvchi qad. oʻsimlik. Juda qadimdan dorivor oʻsimlik sifatida maʼlum (ildizidan olingan preparatlar organizmning quvvatini oshiradi). Boʻyi 30—50 sm, barglari panjasimon qirqma, gullari mayda, koʻkish, soyabonsimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi yumshoq. Etli ildizi silindrsimon, xushboʻy, taʼmi achchiqroq. Ildizining yuqori qismi yoʻgʻonroq, pastki qismi shoxlangan, qisman odam gavdasini eslatadi. Shu bois unga «jenshen», yaʼni xitoycha «odam ildiz» deb nom berilgan. Ildizining ogʻirligi 20—25 g keladi. Jenshenning tabiiy zaxiralari juda ham kamayib ketgan. Shuning uchun koʻp joylarda ekib oʻstira boshlandi. Oʻzbekistonda botanika bogʻida oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x