JAYEVER

JAYEVER (Jiver) (Giaever) Ayvar (1929.5.6, Bergen, Norvegiya) — amerikalik fizik. Ilmiy ishlari tunnel effektы va oʻta oʻtkazuvchanlikka oid. 1960-y. da birinchi boʻlib oʻta oʻtkazgichlarda tunnel effektini, yaʼni elektronlar bir oʻta oʻtkazgichdan boshqasiga oʻta boshlashini kuzatgan. B. Jozefson nomi b-n ataluvchi nostatsionar effektni kashf etgan. Tunnel effekti yordamida t-rani oʻlchash mumkinligini birinchi marta koʻrib chiqqan. 1965-y. da tunnel oʻtishning boshqa oʻtish yordamida nurlanishini qayd etgan. Nobel mukofoti laureata (1973, B. Jozefson va L. Esaki b-n hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x