JAMILOVA

JAMILOVA Gulchehra (1946.2.7, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Oʻzbekiston xoreografiya bilim yurtini (1964), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati in-tini (1968) tugatgan. Ijodiy faoliyatini «Bahor» davlat xalq raqs ansamblida raqqosalikdan boshlagan. 1966-y. dan hoz. Oʻzbekiston milliy akademik drama teatrining aktrisasi (1987—91 y. lar Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida ishlagan). Jamilova ijodining boshlanish davridayoq Silviya («Veronalik ikki yigit»), Aqiqa («Qonli sarob»), kinoda Kumush («Oʻtgan kunlar») rollarini ijro etib, begʻubor yoshlikka xos maftunkor chiroy, pokiza orzu va intilish hissiyotlariyu, mushkul qismatning fojiali tugʻyonlarini tabiiy va taʼsirchan vositalar bilan tasvirladi. Teatrdagi eng yaxshi rollari: FeruzaMirzo Ulugʻbek»), Gulsanam («Abu Rayhon Beruniy»), Ozoda («Imon»), Shakuntala («Yoʻqolgan uzuk»), Gulchehra («Koʻrmayin bosdim tikonni»), Kamola («Gang daryosining qizi»), Jamila («Boy ila xizmatchi»), Zebunniso («Zebunniso»), Dezdemona («Otello»), Oysara («Alla»), Nodirabegim («Figʻon»), Bibixonim («Sohibqiron») va b. Aktrisa kinoda ham bir qancha rollar ijro etgan: Gulchehra («Qalbingda quyosh»), Giri («Hyp va soyalar»), Manzura («Shiddat»), Gulnora («Ehtiros qurbonlari»), Malkane («Sevgi afsonasi»), Oftoboyim («Oʻtgan kunlar») kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, videofilmlar (Aziza, «Imon»; Xadicha, «Soʻnggi oʻq»; Manzura, «Shaytanat»), telefilmlar (Zulayho, «Toʻlqinlar»; Farida, «Kunda izgʻirin» va b.)da ham qismati, tabiati, yoshi bir-biriga oʻxshamagan badiiy obrazlar olamini yaratdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x