CHAPLIGIN Sergey Alekseyevich

CHAPLIGIN Sergey Alekseyevich [1869.24. (5.4), Ryazan gubernyasi, Ranenberg sh., hoz. Lipesk viloyati, Chapligin sh. — 1942.8. 10, Novosibirsk] — mexanika sohasidagi rus olimi, gidrodinamika asoschilaridan biri, SSSR FA akad. (1929), Mehnat Qahramoni (1941). N. Ye. Jukovskiyning shogirdi va safdoshi. Moskva universitetini tugatgan (1890). Markaziy aerodinamika intida ishlagan (1918-y. dan). Ilmiy ishlari asosan nazariy mexanika muammolariga doyr. Qattiq jismlarning suyuqlikdagi harakat qonunlarini oʻrgangan, tezligi tovush tezligidan kichik boʻlgan gaz oqimini tekshirish usulini ishlab chiqib, gaz dinamikasiga asos solgan. Chapligin samolyot qanoti atrofida havo sirkulyatsiyasi tezligini aniqlash haqidagi postulatni (Ch. — Jukovskiy postulatini) birinchi marta aniq bayon qilgan. Chapligin aviatsiya va aeromexanikaga doyr murakkab masalalarning yechimini bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x