JAHM ibn SAFVON

JAHM ibn SAFVON, Abu Muhriz (?-745, Marv) — mashxur ilohiyotchi, jabariylar vakili va voiz. Umaviylarning Xurosondagi noibi Nasr ibn Sayyorga qarshi qaratilgan qoʻzgʻolonda qatnashib asirlikka tushgan va qatl etilgan; J. i. S. musulmonlar anʼanalarida Qurʼonning yaratilganligi gʻoyasini birinchi boʻlib aytgan Joid ibn Dirhamning shogirdi. U qazo va qadarga ishonish tarafdori boʻlib, antropomorfizm (xudoni insonga oʻxshash qiyofada deb bilish)ning dushmani edi. Jahm ibn safvon S. taʼkidlashicha, insonning ixtiyori oʻzida emas, uning xohishi va orzulari amalga oshmaydi, u mustaqil harakat qilishdan mahrumdir. ImonAlloh xaqidagi bilimdir, imonsizlik — Alloh haqida hech narsa bilmaslikdir. Agar inson Allohni tanigan-u, soʻngra soʻzda undan yuz ugirgan boʻlsa ham, u imonli boʻlib qolaveradi. Imon (Alloh haqidagi bilim) paygʻambardan oddiy musulmongacha — hammada bir xildir. Muʼtaziliylar kabi Jahm ibn safvon S. ham xudoni koʻz bilan koʻrish imkoniyatini rad qildi. U Alloh imkoniyatlarining ham chegarasi borligi haqida muloxaza yuritdi. Vafotidan keyin uning nomi b-n ataluvchi jahmiya ilohiyot maktabi shakllandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x