CHINNIGUL

CHINNIGUL (Dianthus) — chinniguldoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻt va yarim butachalar turkumi; manzarali ekma gul. 300 dan ortiq turi maʼlum. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Dashtlar, oʻtloqzorlar, qumloq yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda yovvoyi hodda oʻsadigan koʻp yillik oʻt boʻlgan ʼ:asos boʻlgan. Guli bitta toʻpgulda, yirik, kalin, qatmaqat, xushboʻy, rangi har xil (qizil, pushti, sariq, oq va b.). Koʻpgina mamlakatlarning sanoat gulchiligida ochiq yerlarda va issiqxonalarda yetishtiriladi. Koʻp yillik p a t li yoki turk Ch. i (D. barbatus) turining gullari mayda, gʻoyat xushboʻy, qalin toʻpgulga yigʻilgan. Gulchilikda ahamiyati katta. Bir yillik xitoy Ch. i (D. chinensis) turi gulining rangi va tuzilishi bilan farq qiladi. Chinnigul urugʻidan (urugʻi issiqxonalarda yanv. —maydi ssiiladi) va kalamchasidan (noyabr—mart oylarida ildiz oldiriladi) koʻpaytiriladi. Golland Chinniguli 5—8 oyda gul chiqaradi, turk Chinniguli 2yili iyun—iyulda, xitoy Chinniguli iyundan birinchi qorasovuqlargacha gullaydi. Uzbekistonning barcha viloyatlari uchun manzarali Chinnigulning Vilyame Sim navi rnlashtirilgan (1980).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x