ISMOILOVA

ISMOILOVA Kommuna (1927.15.12, Xiva) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1964). oʻrganch pedagogika intining havaskorlik toʻgaragida Xorazm termalarini ijro etib tanilgan. 2-jahon urushi yillari Gavhar Raximova rahbarligidagi xotin-qizlar konsert brigadasida ishtirok etgan. Xorazm musiqali drama teatrida (1946), Oʻzbek ashula va rake ansamblida (1947), Oʻzbek davlat estradasida (1948-51), Oʻzbek davlat filarmoniyasida (1952 — 59), Oʻzbekiston televideniye va radiosi oʻzbek xalqcholgʻulari orkestri hamda maqom ansamblida (1959—88) yakkaxon xonanda. 1985-y. dan 3. Gʻaniyeva nomidagi Veteran ayollar ansambli qatnashchisi. Ismoilova Navo maqomidan Chapandozi Navo va uning Qashqarchasini, Rost maqomidan Savti Ushshoq Qashqarcha-sini, Saraxborlar taronalarini, Nasri Bayet taronalarini va xorazmcha Rost maqomining Nasri Ushshoq shoʻbasini («Shitob aylab») va b. makom parchalarini ijro etgan. Oʻzbek xalq qoʻshiklari va zamonaviy ashulalardan «Uylanma», «Yoshlik chogʻimda», «Shi-fokorlar» va b., bastakorlardan Yu. Rajabiy, F. Sodiqov, K. Otaniyozov, M. Mirzayev asarlari, turli xalqlar (rus, ukrain turkman, qozoq) qoʻshiqlari Ismoilova repertuaridan oʻrin olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x