KABIRA

KABIRA (arab. — katta, yirik) — islomda eng katta va ogʻir gunoh. K. ning eng birinchisi va Alloh tomonidan kechirilmaydigani — kufr (Allohni inkor etish) va shirk (Allohga biror narsani teng qilish)dir. Kabiraning turlari koʻp. Mas, ota-onani norozi qilish, birovning joniga nohaq qasd qilish, sehr-jodu bilan shugʻullanish, yolgʻon guvohlik berish, tuhmat qilish, zinokorlik, oʻgʻrilik, sudxoʻrlik, farz ibodatlarni bajarmaslik, harom qilingan narsalarni isteʼmol etish va h. k. Shirk va kufrdan boshqa gunohlar qiyomat kuni Alloh tomonidan kechirilishi yoki ular uchun maʼlum meʼyorda jazo berilishi mumkin. Sunniyhanafiylik aqidasiga koʻra, kufr va shirkdan boshqa har qanday gunoh qilgan moʻmin-musulmon kishi kofir boʻlib qolmaydi, balki gunohkor hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x