KOKOS PALMASI

KOKOS PALMASI (Cocos nucifera) — palmadoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt. Boʻyi 20—25 m, diametri 60 sm cha. Tanasi uchida boʻyi 3—6 m keladigan patsimon barglari toʻp boʻlib joylashgan. Guli roʻvaksimon toʻpgul. Mevasi yirik, danakli (kokos yongʻogʻi deb ham ataladi), yangiligida ogʻirligi 1,5—2,5 kg. Kokos palmasi tropiklardagi okean sohillarida koʻp tarqalgan. Koprasi (eti)dan kokos moyi, xushtaʼm kokos suti olinadi. Yogʻochi qurilish materiali hisoblanadi. Kokos palmasining yosh barglari ham, mevasining pishgani va dumbuli ham ovqatga ishlatiladi. Toʻpguli kesilgan joydan oqib chiqadigan shiradan vino, shirin ichimlik va qand tayyorlanadi. Kokos palmasi gaoʻxshash butiya palmasi (Butia capilata, V. jagatay) manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x