ISLOM UNIVERSITETI

ISLOM UNIVERSITETI, Toshkent islom universiteti — islom dini boʻyicha malakali mutaxas-sislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzurida, 1999-y. 7 apr. da tashkil etilgan. Un-tda islom tarixi va falsafa-si; shariat (fiqh), iqtisod va tabiiy fanlar f-tlari; dinshunoslik, islomshunoslik; demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti; sharq tillari; gʻarb tillari; informatika va tabiiy fanlar; jismoniy tarbiya kafedralari hamda jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish boʻyicha YUNESKO kafedrasi bor. Oʻquv bosqichlari: bakalavrlik — 4 y., magistratura — 2 i. I. u. dinshunoslik, islomshunoslik, islom huquqi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, informatika va axborot texnologiyasi buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tda 2002—2003 oʻquv yilida 470 dan ortiq talaba oʻqidi, 100 dan ortiq prof,-oʻqituvchilar, shu jumladan, 15 fan dri, 41 fan nomzodi va dos. ishladi. Aspirantura va doktorantura bor. 2000-y. dan un-t qoshida akademik litsey ochilgan. Un-t ilmiy kutubxona (42 ming asar, asosan, darslik va ilmiy kitoblar), manbalar xazinasi, nash-riyotiga ega. Manbalar xazinasi mamlakatimiz va xorijda mavjud boʻlgan qoʻlyozma va nodir kitoblar bilan boyitib boriladi. Un-t tarkibida Islomshunoslik i. t. markazi bor. Bu markazda Qurʼon, tafsirlarni oʻrganish, islom tarixi va falsafasi, shariat (fiqh), maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat, manbashunoslik va qoʻlyozmalarni oʻrganish boʻlimlari mavjud. Islom universitetida «Sharqshunoslik fanlari» sohasi boʻyicha d-rlik dissertatsiyalari himoyasiga ixtisoslashgan kengash tuzilgan. Un-t Sharq va Gʻarb tillarini mukam-mal oʻqitish maqsadida zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlangan. Lin-gofon kabineti va arab tili markazi faoliyat koʻrsatadi. Toshkent islom un-tini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgan (1999). Islom universiteti AQSH, Angliya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, BAA va b. davlat un-tlari hamda i. t. markazlari bilan aloqalar oʻrnatgan.

Abdulhay Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x