ISHONCHNOMA

ISHONCHNOMA, vakolatnoma — muayyan muassasa yoki ayrim shaxs oʻz nomidan ish koʻrish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat. I. lar oʻz mazmuniga koʻra, molmulkni boshkarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borish va b. ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi. Ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga boʻlinadi. Rasmiy (xizmat sohasidagi) Ishonchnomalar davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday Ishonchnoma muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda Ishonchnoma qonun talabiga koʻra, notarial tasdiqdan utishi zarur buladi. Mazmun hamda vakolatning koʻlamiga kura, Ishonchnomalar bir martalik, maxsus va umumiy turlarga bulinadi. Bir martalik Ishonchnoma muayyan bir ishni amalga oshirish, vazifani bajarish uchun (mas, faqat 1-martagina pul yoki qimmatdor buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr davomida bir qancha turdagi vazifalarni bajarish vakolatini be-ruvchi Ishonchnomalar maxsus Ishonchnomalar deyiladi (mas, 1 y. davomida sudhakamlik idoralarida korxona nomidan vakillik qilish uchun berilgan Ishonchnoma). Umumiy Ishonchnoma mulkni boshkarish bilan alokador turli-tuman ishlarni amalga oshirish huquqini beradi. Ishonchnoma kupi bilan 3 y. muddatga berilishi mumkin. Agar Ishonchnomada muddat koʻrsatilmagan bulsa, u berilgan kundan boshlab 1 y. mobaynida oʻz kuchini saklaydi. Berilgan kuni kursatilmagan Ishonchnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Ishonchnoma boʻyicha vakolatlar hamda Ishonchnoma bilan bogʻliq boshqa tartib-qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi FK da belgilab berilgan (134—144-moddalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x