IRQLAR

IRQLAR — Homo sapiens turi ichidagi sistematik guruxlar. Har bir irq oʻziga xos irsiy belgilar, mas, koʻz, soch va teri rangi, yuz va bosh qutisi shakliga binoan boshqa irklardan farq qiladi. Hoz. odamlar 3 ta: ekvatorial (negroid, avstraloid), yevrosiyo (yevropoid), osiyoamerika (mongoloid) yoki 5 ta (negroid, avstraloid, yevropoid, mongoloid, amerikanoid) yirik irqlarga boʻlinadi. Har bir irq ichida yana kichikroq, yaʼni kenja Irqlar boʻladi. Mac, ekvatorial irq negr, negrill, bushmen, avstraliya va b. irklarga; yevropoid irq esa atlantika-boltiq, Hind-Oʻrta dengizi, oʻrta yevropa va b. ga; mongoloid irq shim. osiyo, arktika, jan. osiyo va b. ga ajraladi.

Irqlar paleolitning soʻnggi davrlarida bundan 40—30 ming yil avval odam Yer yuzini egallashi bilan shakllana boshladi. Oʻsha davrda koʻpchilik irqiy belgilar moslanish xususiyatiga ega boʻlganligidan muayyan muhit sharoitida tabiiy tanlanish tufayli mustahkamlanib borgan. Mas, ekvatorial irkda terining kora rangi ultrabinafsha nurlar taʼsiridan himoyalovchi, burun katagining keng boʻlishi nam tropik iqlim sharoitida suv bugʻlanishini kuchaytiruvchi, tananing uzun boʻlishi tana yuzasini tana hajmiga nisbatan kengaytirish orqali termoregulyatsiyani amalga oshiruvchi vosita sifatida vujudga kelgan.

Barcha Irqlar Homo sapiens ra xoc boʻlgan umumiy xususiyatlarga ega: ularning barchasi biologik va psixik jihatdan teng boʻlib, evolyutsion rivojlanishning bir xil pogʻonasida turadi. Barcha Irqlar madaniyat va sivilizatsiya eng yuqori darajada rivojlanishida bir xil imkoniyatga ega. Hoz. zamon fani mavjud Irqlar bir xil qobiliyatga ega emasligi, ular evolyutsiyaning turli bosqichlarida turganligi toʻgʻrisidagi irqchilik gʻoyalarini inkor etadi. Odam Irqlarni «millat», «til guruxi» tushunchalari bilan aralashtirib yubormaslik lo-zim. Bitta millat tarkibida har xil Irqlar va, aksincha, bitta irqning oʻzi turli millatlar tarkibiga kirishi mumkin.

Ad.: Nesturx M. F., Chelovecheskiye rasы, M., 1965; Alekseyev V. P., Geograficheskiye ochagi formirovaniya chelovecheskix ras, M., 1985; Problemы evolyutsionnoy morfologii cheloveka i yego ras, M., 1986.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x