NISHONOV Rafiq Nishonovich

NISHONOV Rafiq Nishonovich (1926.15.1, Boʻstonliq tumani) — siyosat va jamoat arbobi. 1951-y. dan tuman partiya komiteti kotibi, Toshkent sh. partiya komiteti boʻlim mudiri, Toshkent sh. ijroiya qoʻmitasi raisi. Oʻzbekiston KP MK kotibi (1963—70). 1970-y. dan Shri Lanka Respublikasi va Maldiv Respublikasida SSSRning Favqulodda va muxtor elchisi, SSSRning Iordaniyadagi elchisi. Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1985—86). Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1986—88). Oʻzbekiston KP MK 1-kotibi (1988— 89), SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi (1989 — 91). Nishonov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qatʼiyatsizligi, uzoqni koʻra bilmagani tufayli Markazning Oʻzbekistonga nisbatan gʻarazli siyosati va qatagʻonlari davom etdi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot ogʻirlashdi, millatlararo adovatlar kuchaydi, respublikaning maʼmuriyhududiy tuzilishi boʻyicha volyuntaristik qarorlar qabul qilindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x