IROQI

IROQI — 1) kashtadoʻzlikda chok turi; sidirgʻa qoplab (butun va yarim «X» shaklida) toʻrga yoki arqoq va tanda iplaridan sugʻurib, toʻr shakliga keltirilgan matogatikiladi. Iroqining kesma chiziqdar sanab tikiladigan sanama Iroqi va matoga chizilgan naqsh-gul ustidan tikiladigan chizma I. turlariga boʻlinadigan terma (doʻppi, jiyak va mayda buyumlar tikiladi) hamda matoga ip toʻshalib, soʻng mayda choklar bilan kesib (yirik kashtalar — palak, soʻzana va b.) tikiladigan xillari bor. Shahrisabz kashtadoʻzligida Iroqi choki qadimdan maʼlum boʻlgan, keyinchalik Toshkent, Samarkand, Fargʻona, Surxondaryo va b. joylarda keng tarqalgan. Toshkent va Shahrisabz doʻppilari chok texnikasi jihatidan farq qiladi. Iroqi mujassamoti, badiiy uslubi, tayyorlanishi jihatidan farq qiladi. Iroqi choki boshqa xalqlar (rus, ukrain, la-tish, tatar, boshqird, qirgʻiz, qozoq, tojik va b.) kashtadoʻzligida ham keng tarqalgan;

2) muqarnas turi; shakldor ravoq chiziqlari oʻzaro kesishishi na-tijasida yasalgan pogʻonali suyri be-zak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x